IrfanView o’zi nima?

IrfanView Windows 9x, ME, NT, 2000, XP, 2003 , 2008, Vista, Windows 7, Windows 8, Windows 10 operatsion tizimlar uchun (notijoratiy faoliyat uchun) juda tez, kichik, ixcham va innovatsion ochiq va bepul (FREEWARE) grafika ko’rsatuvchi dastur.
(IrfanView EULAga bosing va dasturni yuklab oling)

Bu tajribali mutaxassislar va boshlang’ichlar uchun, ishlashga oson qilib yaratilingan.

Klonlashtirilgan, g’oyalarni ACDSee va/yoki IrfanView o’g’irlaydigan dasturlardan (xususan XnView – 10+ yildan beri IrfanView xususiyatlarini, muloqot oynalarini o’g’irlab/klonlashtirib keladi) farqli o’laroq, IrfanView o’ziga xos betakror, yangi va qiziq xususiyatlarga ega dasturdir.

IrfanView DUNYO bo’ylab birinchi ko’plab (Animatsiya) GIF formatda ishlaydigan Windows grafik ko’rsatuvchi dasturdir.

Multipage TIFda ishlaydan DUNYO bo’yicha birinchi dasturlardan biri.

Multiple ICOda ishlaydigan DUNYO bo’yichi birinchi dastur.

Ba’zi IrfanView xususiyatlari :

  • 32 va 64 bit versiyalari
  • Ko’plab fayl formatlarda ishlay olishi (formatlarning to’liq ro’yxatiga bosing )
  • Bir qancha tillarda ishlashi
  • Minatyura / oldindan ko’rish tanlovi
  • Chizish tanlovi – chiziqlarni, aylanalarni, o’qlarni, va boshqalarni chizishi
  • Paneldagi ko’rinish tanlovi
  • Slaydshov (Slaydshov  saqlash exe/ SCR formatlarida yoki CD ga yozish)
  • EXIF/IPTC/Izohlarni Slaydshov/to’liq ekranda ko’rish
  • Adobe Photoshop Filtrlarni ishlatish
  • Tezkor direktoriyalarni ko’rish (Direktoriyalar orqali ko’chirish)
  • Batch o’tkazish (Murakkab Tasvirlar bilan ishlash)
  • Multipage TIF tuzatishlar kiritish
  • Fayl qidiruv
  • Email tanlovi
  • Multimedia tizimi
  • Chop etish
  • JPG / TIF formatlarda ishlash
  • Ranglarni o’zgartirish
  • Scan (Batch scan)
  • Kesish / qirqish
  • Rasmga belgi (watermark) qo’shish
  • IPTC tahrirlash
  • Turli xil effectklar (Sharpen, Blur, Adobe 8BF, Filter Factory, Filters Unlimited va boshqalar)
  • Ekranni rasmga olish
  • EXE / DLL / ICL dan belgilarini chiqarish
  • Sifatni saqlagan holda rasmni yon tomonga o’zgartirish
  • Shell Extension plugini
  • Turli xil Yunikodlarni ishlatishi
  • Ko’p klavish tugmalar brikmalari
  • Ko’plab chiziq imkoniyatlari
  • Bir qancha plaginlar
  • Only one EXE-File, no DLLs, no Shareware “Qabul qilaman” va “baholash muddati tugadi” xabarlar
  • Ro’yxatdan o’ta olmaslik foydalanuvchi harakati / ruxsatisiz o’zgartirilishi
  • va boshqa juda ko’plar

IrfanView  tasvirlarni ko’rish uchun shu yerga bosing

FOYDALANISH SHARTNOMASI

IrfanView ochiq va bepul dastur lekin faqat uy sharoitida foydalanish uchun, tijorat uchun emas.

IrfanView ta’lim sohasida foydalanish uchun ham bepul (maktablar, universitetlar, muzeylar va kutubxonalar) xususan ehson yoki gumanitar tashkilotlar foydalanish uchun ham bepul.
Agar tijorat maqsadida ishlatishni hohlasangiz, ro’yhatdan o’ting va sotib oling. Sizning moddiy ko’magingiz meni yanada ko’proq dasturda ishlab uni rivojlantirishimga dalda bo’ladi.

Har qanday takliflar, va izohlar albatta e’tiborsiz qoldirilmaydi.

Agar siz tijoratchi bo’lsangiz va bu dastur sizga ma’qul kelsa (yoki uy sharoitida ishlab turib, dastur rivojiga moddiy yordam bermoqchi bo’lsangiz) pastdagi adresga AQSH $12 yoki 10 Yevro (bir litsenziya narxi) jo’nating. Faqat naqt pul ko’rinishida bo’lsin. (Men bank cheklarini qabul qilmayman.)
Manzil:

Irfan Skiljan
Postfach 48
2700 Viener Neustadt
Avstriya, Yevropa

 

Tijorat foydalanuvchilar: iltimos narx va chegirmalar uchun E-Mail orqali men bilan bog’laninglar. Eslatma: Agar hohlasangiz, litsenziyani PayPal yoki credit carta orqali olishingiz mumkin.

 

Sizning yordamingiz IfranView dasturs rivojiga va yangidan yangi o’zgarishlar kiritilishiga yordam beradi. Sizning ro’yhatdan o’tishingiz bilan, ismingiz Sayt Haqida sahifasiga yozib qo’yiladi.

 

Agar, ishlaydigan fayllarda har qanday muammolar chiqsa, iltimos menga e-mail orqali xabar jo’nating.

Boshqa saytlar uchun ishlatilinadigan mening banerim:iview_logo

Bu ish Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 International License da ro’yhatdan o’tgan.

Manba: http://www.irfanview.com/main_what_is_engl.htm

Вернуться на главную страницу

Posted on

Leave a Reply